Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Mehnat kuni munosabati bilan 1-may kuni butun dunyo bo‘ylab ishchilar va kasaba uyushmalari norozilik namoyishlari o‘tkazdi. Namoyishchilar asosiy e’tiborni ish haqini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratdi.

Bu yilgi Mehnat kuni Eron urushi sababli energiya narxlarining oshishi va xarid qobiliyatining pasayishi fonida nishonlanmoqda. Bu holat dunyoning eng zaif qatlamlari va ishchilar sinfiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Turkiyada politsiya Istanbulning ramziy Taksim maydoniga yo‘l olishga uringan namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalandi. Yuzlab namoyishchilar hibsga olindi, bir qancha metro stansiyalari va asosiy yo‘llar yopildi.

Germaniyada ishchilar Berlin va boshqa shaharlarda hukumatning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot sohasidagi qisqartirishlariga qarshi chiqdi. Kasaba uyushmalari “Bizning ish o‘rinlarimiz birinchi o‘rinda, sizning foydangiz ikkinchi” shiori ostida yuzlab mitinglar o‘tkazdi.

Germaniya Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (DGB) prezidenti Yasmin Fahimi Nyurnbergdagi asosiy mitingda: “Pensiya ta’minoti darajasiga hujum qilgan har bir kishi katta ijtimoiy mojaroga sabab bo‘ladi. Biz bu pensiya o‘g‘irligiga qarshi safarbar bo‘lishga qodirmiz”, dedi.

Argentinada ishchilar prezident Xavyer Mileining mehnat himoyasini keskin qisqartirgan islohotlariga qarshi namoyishga chiqdi. Eng yirik kasaba uyushmasi CGT rahbari Oktavio Arguello: “Bu hukumatga aytmoqchimiz: yetarli. Sabrimiz tugadi, janob prezident”, dedi.

Source: www.dw.com