Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Turkiyaning Izmir shahrida yashovchi 22 yoshli o‘zbekistonlik Sevdora Hakimjanova to‘rtinchi qavatdan yiqilib, og‘ir jarohat oldi. Hodisa haqida O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi rasmiy xabar berdi. Ayol hozirda davlat kasalxonasida davolanmoqda, shifokorlar uning holatini og‘ir deb baholashmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hakimjanova turk fuqarosi bilan diniy nikohda bo‘lgan, ammo bu nikoh rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tmagan. Nikoh marosimi Namangan viloyatining Chust tumanida o‘tkazilgan, so‘ngra er-xotin Izmirga ko‘chib o‘tib, erining yaqin qarindoshlari bilan bir uyda yashagan. Eslatib o‘tamiz, er ham, Hakimjanova ham eshitish va nutq muammolari bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.

Turkiya huquq-tartibot organlari bu hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan va barcha holatlar aniqlanishi uchun tergov choralari ko‘rilmoqda. Yig‘ilgan materiallar prokuratura organlari tomonidan qonuniy tartibda ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi vaziyatni nazorat qilishda davom etmoqda, ammo hodisaning aniq sabablari hali aniqlanmagan.

Source: kun.uz