Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1992-1996 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lib ishlagan davridagi xizmat avtomobili – “Volga” (GAZ-3102) namoyish etildi. Ushbu suratni prezident puli jurnalisti Mahliyo Ozodova o‘z blogida e’lon qildi.
Avtomobil Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi binosi yoniga qo‘yilgan bo‘lib, uning kapotiga eksponatning tarixiy ahamiyatini tasdiqlovchi o‘zbek tilidagi ma’lumot lavhasi o‘rnatilgan. Prezident 23-aprel kuni tumandagi bunyodkorlik ishlari va infratuzilma rivojlanishi bilan tanishish maqsadida ushbu hududga tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil dekabrida “Gazeta” vazirlik va idoralarning avtoparkini tahlil qilib, yuqori martabali amaldorlar qanday mashinalardan foydalanishini aniqlagan edi. O‘sha paytda vazirlar orasida Mercedes-Benz, ularning o‘rinbosarlari orasida Malibu va Captiva eng mashhur bo‘lgan, hokimlar esa ko‘pincha Toyota Land Cruiser Prado’da yurishgan.
2025-yil martida prezidentning xorijiy xizmat avtomobillaridan voz kechish topshirig‘idan so‘ng ko‘plab vazirlar Mercedes-Benz’ni Malibu’ga, hokimlar esa Tahoe yoki Traverse’ga almashtirgan edi.
Source: www.gazeta.uz