Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida bir erkak huquq-tartibot xodimi harakatlari tufayli vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB ushbu ma’lumotni rad etib, o‘limga boshqa sabab – alkogol bilan zaharlanishni keltirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 8 aprel kuni 60 yoshli erkak mast holda jamoat joyida janjal chiqargan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasi (jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish) bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.
9 aprel kuni erkakka jarima to‘lash zarurligi haqida xabar berilgan. Yana mast holatda bo‘lgan u mahalla inspektori bilan bahslashgan. Kuzatuv kameralari voqeadan so‘ng uyiga qo‘yib yuborilganini qayd etgan.
Aniqlanishicha, so‘nggi 8-10 kun davomida fuqaro deyarli ovqat yemagan, faqat spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Sog‘lig‘i yomonlashgani sababli 11 aprel kuni reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va 13 aprel kuni vafot etgan.
Shifokorlarning dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘lim sababi surunkali alkogolizm va og‘ir alkogol bilan zaharlanishdir. Hozirda prokuratura tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.
Source: podrobno.uz