Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoqlar va hududlar kesimida birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tanqidiy tahlil qilish hamda yilning qolgan davriga rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilishda tadbirkorlar muammolarini hal qilish o‘rniga o‘zini chetga olib, masala respublika darajasiga chiqqanda oqlanishga urinayotgan ayrim rahbarlarning pozitsiyasi tanqid qilindi.

Masalan, Nurafshon hokimi byurokratiya tufayli ikki yildan beri qurilish boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish o‘rniga, bu ma’lumot prezident darajasiga qanday yetib borgani bilan ovora.

Shuningdek, Guzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l va Chinoz hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanib, loyihalarni hali boshlab yubormaganligi qayd etildi. Bu yil ushbu tumanlarga respublika budjetidan tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash uchun qo‘shimcha 262 milliard so‘m ajratilgan.

Tegishli viloyat hokimlariga nomlari tilga olingan tuman hokimlarining lavozimga muvofiqligini o‘sha kunning o‘zida ko‘rib chiqish topshirildi, agar ular “o‘z aravasini torta olmasa”.

Ma’lumot uchun: Nurafshon hokimi Ilhom Qilichxonov (2023 yil apreldan), Guzor tumani hokimi Bekzod Suyunov (2020 yil apreldan), Narpay tumani hokimi Anvar Boliyev (2025 yil noyabrdan), Urganch tumani hokimi G‘ayratjon Sultonov (2023 yil apreldan), Yangiyo‘l tumani hokimi Odiljon Ataullayev (2023 yil avgustdan), Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov (2024 yil fevraldan).

Source: kun.uz