Asaka tumanida Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, fuqaro M.Ch. fuqarolar A.I. va B.X.ni Saudiya Arabistoniga haj safariga jo‘natishni va’da qilib, 18 ming dollar talab qilgan.
U kelishilgan summadan 9 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi avvalroq haj safarlarini tashkil etishda firibgarlarga uchmaslikka chaqirgan edi.
Source: kun.uz