Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysida ertaga kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Kunduzgi havo harorati +26…+29 daraja atrofida, janubida va cho‘l hududlarda +30…+33 darajagacha bo‘ladi.

29−30-aprel kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida 30-aprel kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +28…+33 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +35 darajagacha bo‘ladi.

1-mayda respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli maxalliy yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

30-aprelda shimoli-g‘arbiy hududlarda, 1-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati dushanba kunduzi +26…+28 daraja, 28-aprelda +27…+29 daraja, 29−30-aprel va 1-mayda +29…+32 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +14…+17 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.

Source: www.gazeta.uz