Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati Pskent tumanida suv ta'minoti korxonasi mansabdor shaxslari 14 800 metr trubani o'zlashtirib, davlatga 4 milliard so'mga yaqin zarar yetkazgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

«Toshkent viloyati suv ta'minoti» AJning Pskentdagi filiali rahbari B.K. «A.» AJ mansabdor shaxslari va boshqa shaxslar bilan jinoiy til biriktirgan. Natijada umumiy qiymati 3 milliard 931,2 million so'm bo'lgan qazib olingan trubalardan 14 800 metri o'zlashtirilib, 3 milliard 78,4 million so'm miqdorida zarar yetkazilgan.

Ushbu faktlar bo'yicha Toshkent viloyati Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (O'ta katta miqdorda o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Aybdorlar 300 dan 600 BHM gacha jarima, uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Source: kun.uz