Toshkent, Podrobno.uz. Toshkentga kirishdagi "Sharq" yo‘l-patrul postida Farg‘onadan poytaxtga kelayotgan avtomobil yo‘lovchisidan gashish va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topildi.
Tekshiruv vaqtida yo‘lovchining qo‘l yukidan 102 gramm gashish va "Regapen" preparatining 168 kapsulasidan iborat uchta paket aniqlandi. "Regapen" kuchli ta’sir qiluvchi dorilar qatoriga kiradi.
Barcha moddalar olib qo‘yildi. Hozirda holat yuzasidan tergov olib borilmoqda, yetkazib berish kanallari va holatlar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bir erkak "Regapen"ni biologik faol qo‘shimchalar idishlariga qadoqlab, dorixonalar orqali yashirincha sotayotganida qo‘lga olingandi.
Source: podrobno.uz