Toshkentda Chirchiq daryosining 16 kilometrlik qismi bo‘ylab 306 gektar maydonni obodonlashtirish rejalashtirilmoqda. “Sohil zonasi” loyihasi qirg‘oqlarni mustahkamlash, yashil hududlar yaratish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini joylashtirishni o‘z ichiga oladi.
Tegishli ma’lumot prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdimotda berildi. Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bektemir kanali bo‘ylab 187,3 gektar maydonda yashil hudud barpo etiladi. U yerda sayr qilish joylari, piyodalar va velosiped yo‘laklari, ichki yo‘llar, yoritish tizimlari va ko‘priklar quriladi.
Shuningdek, poytaxtda to‘rtta sun’iy ko‘l va suv havzasi yaratish loyihasi taqdim etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev salqin mikroiqlimni shakllantirish uchun bu yetarli emasligini ta’kidlab, suv havzalari sonini 12 taga yetkazishni topshirdi.
Source: podrobno.uz