Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Gollivudning eng otaxon kinostudiyalaridan biri bo‘lgan Universal Pictures 1912-yilda, Independent Moving Pictures Company’ning boshqa besh kompaniya bilan birlashishi natijasida tashkil topgan. NBCUniversal tarkibiga kiradigan kinostudiya dastlab Universal Film Manufacturing Company deb atalgan.

DreamWorks Animation va Working Title Films kabi sho‘ba studiyalariga ega Universal Pictures, Amblin Partners’dan tashqari United International Pictures bilan hamkorlik qiladi. U “Forsaj” (“Fast & Furious”), “Yura davri parki” (“Jurassic Park”), “Kelajakka qaytib” (“Back to the Future”) singari kassabop, “Shindler ro‘yxati” (“Schindler's List”), “Oppengeymer” (“Oppenheimer”)dek mukofotu e’tiroflarga sazovor filmlarning ekran yuzini ko‘rishiga sababchi bo‘lgan.

Sana munosabati bilan Gazeta Universal Pictures ishtirokida yaratilgan (jumladan kompaniya distribyutorlik qilgan) kinolar asosida test tayyorladi.

Source: www.gazeta.uz