Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Oy boshida Toshkent chekkasidagi, Ippodrom yaqinida joylashgan “Beshqo‘rg‘on” bozorida yirik yong‘in yuz berdi. Uni o‘chirishga ikki soatdan ortiq vaqt ketdi. Voqea joyiga FVV rahbari yetib keldi.

Amir Temur xiyoboni 15 kun davom etgan rekonstruksiyadan so‘ng ochildi. Ishlar sarkarda tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlandi. Hududda yo‘laklar, sug‘orish tizimi ta’mirlandi, qo‘shimcha daraxtlar ekildi, biroq xiyobon piyodalar uchun qulayroq bo‘lib qolmadi — zarurligi ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, unga olib boradigan svetoforli yerusti o‘tish yo‘laklari hamon mavjud emas.

Shaxmatchi Javohir Sindarov O‘zbekiston tarixida ilk bor Nomzodlar turnirida g‘olib chiqdi. U 14 imkoniyatdan 10 ochko jamg‘arib va musobaqani biror marta mag‘lubiyatga uchramay yakunlab, rekord o‘rnatdi. Sindarov “Humo” aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Buxoroning tarixiy markazida beshinchi bor Bukhara Night Race 2026 xalqaro tungi yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 26 davlatdan 3500 dan ortiq kishi ishtirok etdi. 10 km masofada rossiyalik Rinas Axmadeyev o‘rnatgan yangi rekord musobaqaning asosiy voqeasi bo‘ldi — u masofani 28:42 vaqt ichida bosib o‘tib, avvalgi natijani deyarli bir yarim daqiqaga yangiladi.

Aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida poytaxt osmonida haybatli bulutlar kuzatildi. Bu davrda O‘zbekiston hududiga kirib kelgan nam havo oqimlari shahar qiyofasida bahorgi beqaror ob-havo manzaralarini hosil qildi.

O‘zbekiston prezidenti Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi markazi va “Neftchi” bolalar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi binosi oldiga nodir “Volga” — Shavkat Mirziyoyev 1992—1996-yillarda tuman hokimi bo‘lib ishlagan davrida mingan xizmat avtomobili qo‘yildi.

Toshkent Botanika bog‘ida tashrif buyuruvchilar xavfsizligi va hududni asrab qolish maqsadida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlandi. Ushbu qaror ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi, shaharliklarning fikri esa ikkiga bo‘lindi.

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq shov-shuvli voqealardan so‘ng faollar jazoni kuchaytirishni talab qilib petitsiya ishlab chiqdi — bir hafta ichida uni 15,5 mingdan ortiq kishi imzoladi. Shu bilan birga, murojaatni parlament va davlat organlariga topshirish uchun imzolarni jismoniy yig‘ish ishlari ham olib borildi.

O‘zbekiston ilk bor Milan dizayn haftaligida — Palatsso Chitterioda “O‘rik gullaganda” ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi. Loyiha tabiiy materiallar: ipak, kigiz, sopol va qamish orqali Orolbo‘yi mintaqasining ekologik va madaniy tarixi haqida hikoya qiladi.

Andijonda pavlovniyalar gullashiga bag‘ishlangan “Pavlovniya Fest — 2026” festivali bo‘lib o‘tdi. Shahar ko‘chalarida konsertlar, ko‘rgazmalar va xalq sayillari tashkil etildi.

Source: www.gazeta.uz