Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1-maydan boshlab yer usti halqa liniyasida poyezdlar harakati ertalab soat 5:00 da boshlanadi. Bu avvalgi jadvalga nisbatan bir soat oldin.

Endilikda halqa liniyasining ish grafigi Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishlari bilan sinxronlashtirildi. Kechki vaqtda halqa liniyasi soat 23:00 da yopiladi, boshqa liniyalar esa yarim tungacha ishlaydi.

Avvalroq Toshkentdagi ikkita avtobus yo‘nalishi (№20 va №40) harakat sxemasi o‘zgartirilgani haqida xabar berilgan edi.

Source: podrobno.uz