Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston, Toshkent – AN Podrobno.uz. 3-maydan boshlab “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar elektropoyezdi “Toshkent – Xiva – Toshkent” yo‘nalishida harakatlana boshlaydi. Yangi reys poytaxt va qadimiy shahar o‘rtasida qulay va tez aloqani ta’minlab, turizm va sayohat uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Poyezd har bir yo‘nalishda haftasiga uch marta qatnaydi: “Toshkent – Xiva”: jo‘nash soat 07:00, yetib kelish 14:31 (seshanba, payshanba va shanba kunlari). “Xiva – Toshkent”: jo‘nash soat 07:20, yetib kelish 14:51 (chorshanba, juma va yakshanba kunlari).

Birinchi reys Toshkentdan 3-mayda, Xivadan esa 4-mayda jo‘naydi. Chiptalar narxi bir yo‘nalishda 780 ming so‘mdan boshlanadi. Ularni temiryo‘l kassalarida yoki eticket.railway.uz portali orqali onlayn xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston temir yo‘llari” texnik xizmat ko‘rsatish markazida Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston uchun maxsus ishlab chiqarilgan “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar elektropoyezdlariga xizmat ko‘rsatish uchun yangi sex ishga tushirilgan edi.

Source: podrobno.uz