Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet 8-12-may kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik tufayli O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Xavf ostidagi hududlar ro‘yxatiga quyidagi viloyatlar kiritilgan: Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li tumanlari.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar natijasida ba’zi hududlarda yomg‘ir suvi to‘planishi va bu suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, daryo o‘zanlari va soy bo‘ylarida yashovchi aholiga alohida ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi.

O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilarga ehtiyot choralarini ko‘rishni, xususan, xavfli hududlardan uzoqroq turishni va ogohlantirishlarga amal qilishni tavsiya qiladi.

Favqulodda vaziyatlar yuz berganda zudlik bilan 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish lozimligi eslatib o‘tildi.

Source: www.gazeta.uz