1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan Halima Xudoyberdiyeva o‘zbek adabiyotining yetuk vakillaridan biridir. U 1972-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan, 1975-1977-yillarda Moskvadagi oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini “Saodat” jurnalidan boshlab, 1978-1982-yillarda “Yoshlar”, 1996-1998-yillari “Yozuvchi” nashriyotida ishlagan. 1998-2003-yillarda “Sanam” jurnalida, 2004-yildan boshlab “XXI asr” gazetasida faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga raislik qilgan.
Dastlabki she’rlari 7-sinfligida tuman gazetasida bosilib chiqqan. “Ilk muhabbat” she’riy to‘plami 1967-yilda chop etilgan. 1973-1979-yillarda “Oq olmalar”, “Suyanch tog‘larim”, “Bobo quyosh”, “Issiq qor” kitoblari nashr qilingan. 1983-1996-yillarda “Sadoqat”, “Muqaddas ayol”, “Yuragimning og‘riq nuqtalari”, “Bu kunlarga yetganlar bor” to‘plamlari, 2000-2005-yillarda “Saylanma” va “Yo‘ldadirman” kitoblari chop etilgan. Shoira 2018-yil 17-avgustda vafot etgan.
Sana munosabati bilan Gazeta Halima Xudoyberdiyevaning asarlari asosida test tayyorladi.
Source: www.gazeta.uz