Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Nazar Eshonqul 1962-yil 15-iyunda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 1981-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan. 1986−1991-yillarda aspiranturada tahsil olgan.

“Yozuvchi” gazetasi va “Jahon adabiyoti” jurnalida faoliyat yuritgan adib 1994−1997-yillarda Yozuvchilar uyushmasida ijodiy masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan. 2005−2015-yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida, 2016-yildan esa “O‘zbektelefilm”da ishlagan.

“Urush odamlari” qissasi uning ilk asari bo‘lgan. 1991−2011-yillarda “Momoqo‘shiq”, “Yalpiz hidi”, “Ufq ortidagi quyosh”, “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi” va “Shaftoli guli” kabi kitoblari chop etilgan. Shuningdek, “Go‘ro‘g‘li yoxud hayot suvi”, “Taqiq mevasi” va “Giryon” romanlari ham nashr qilingan.

O‘zbek tomoshabinlariga tanish bo‘lgan “Tutash taqdirlar”, “Opa-singillar” seriallari, “Notanish polvon”, “Lola”, “Qish ertagi”, “Poydevor”, “Sevgi farishtasi” badiiy filmlari Nazar Eshonqul ssenariysi asosida suratga olingan. U “Shiroq”, “Jaloliddin Manguberdi” va “Sumbula” pesalarini ham yozgan.

Yozuvchi tavalludi munosabati bilan Gazeta uning asarlari asosida test tayyorladi.

Source: www.gazeta.uz