Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

1906-yil 14-iyun (yangi hisobda 27-iyun)da “Taraqqiy” gazetasining ilk soni chop etilgan. Gazeta muharriri Ismoil Obidiyning “Toshkent 14-iyun” kirish maqolasi bilan boshlangan nashrda Munavvarqorining “Bizning jahl — jahli murakkab” maqolasi ham o‘rin olgan.

Nashr tahririyati Toshkentning O‘ratepa ko‘chasidagi 97-uyda joylashgan. Gazetaning shiori “Najot: maslakda sabot; to‘g‘rilikni ijobat” bo‘lgan. Ilm va ma’rifatga undovchi, o‘sha davrga xos kamchilik va illatlar haqida tanqidiy xabar hamda maqolalar chop etilgan.

“Taraqqiy”ning umri qisqa bo‘lgan. O‘sha yilning 21-avgustida gazetaning 20-soni musodara qilingan, nashr siyosatga aralashishda ayblanib, Ismoil Obidiy qamoqqa olingan.

Sana munosabati bilan Gazeta o‘zbek matbuotining tarixi asosida test tayyorladi.

Source: www.gazeta.uz