Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

HUMO to‘lov tizimi tomonidan o‘tkazilayotgan BAXTLI YUZLIK aksiyasi doirasida ikki oy davomida qatnashchilar olti bosqichli o‘yinlarda iPhone Air va pul mukofotlarini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Aksiyaning eng muhim qismi esa finalda BYD Song Plus DM-i avtomobilining o‘ynalishidir.

Aksiyada ishtirok etish uchun HUMO kartasi bilan kamida 100 000 so‘mlik xaridni amalga oshirish va kartaga tegishli telefon raqami to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Pul o‘tkazmalari va boshqa operatsiyalar o‘yinda qatnashmaydi.

Har bir bosqichda bir nafar g‘olib iPhone Air va 10 nafar g‘olib jami 10 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ladi. Barcha olti bosqich yakunlangach, asosiy sovrin – BYD Song Plus DM-i avtomobili o‘ynaladi.

G‘oliblar Random.org xalqaro xizmati yordamida tasodifiy tanlanadi va jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi. Aksiya shartlari, bosqichlar jadvali va batafsil ma’lumot baxtliyuzlik.humocard.uz saytida va HUMO Nest Telegram botida mavjud.

Aksiya yangiliklarini kuzatish uchun HUMO’ning rasmiy Facebook, Instagram, Telegram va YouTube sahifalariga obuna bo‘ling.

Source: uznews.uz