Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonlik taniqli aktyor, xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirxodiyev 70 yoshni nishonlamoqda. U 1954-yil 29-iyulda Buxoroda tug‘ilgan va san’at yo‘lini 1976-yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik institutiga o‘qishga kirish bilan boshlagan.

Institutni bitirgach, Mirxodiyev Abror Hidoyatov nomidagi teatrda faoliyat yuritgan. 1983-yildan esa “Ilhom” teatrida ishlagan. Uning kinodagi ilk qadami 1979-yilda “Alibobo va qirq qaroqchi” filmi bilan bo‘lgan.

1980-yillarda aktyor “Isyonkor”, “Jontoyning qasamyodi”, “Tog‘lardagi uzoq aks sado”, “Qasoskorning oltin boshi” va “Changak” kabi filmlarda suratga tushgan. 1990-yillar uning ijodida “XX asrning dinozavrlari”, “Charxpalak”, “Shaytanat”, “Seni izlab”, “Yaratganga shukur”, “Yulduzingni ber osmon” va “Kichkina tabib” kabi kinolar bilan boyigan.

2000-2023-yillarda Mirxodiyev “Osmon yaqin”, “Kechikkan hayot”, “Qo‘rg‘oshin”, “Sabot”, “Ibrat” va “Osmondagi bolalar-3” filmlarida turli rollar ijro etgan. Uning boy filmografiyasi o‘zbek kinosining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.

Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Source: www.gazeta.uz