Tom Hardi 1977-yil 15-sentabrda Londonda tug‘ilgan. U o‘zining aktyorlik faoliyatini 2001-yilda “Qora qirg‘iyning qulashi” (Black Hawk Down) filmida debyut qilish bilan boshlagan. Shundan so‘ng u “Simon: Ingliz legioneri” va “I ustidagi nuqtalar” kabi filmlarda suratga tushgan.
2002-yilda “Yulduzlar yo‘li: Qasos” (Star Trek: Nemesis) filmidagi roli bilan tomoshabinlar e’tiborini qozongan Tom Hardi 2006-yilda “Minotavr”, “Andromeda uchun” va “Mariya Antuanetta” filmlarida ishtirok etgan. Bu davr uning faoliyatida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi.
Keyingi yillarda u “Oliver Tvist”, “Bronson”, “Rok-n-rollchi” komediyasi va “Momaqaldiroq dovoni” kabi filmlarda turli xil obrazlarni yaratdi. 2010−2012-yillarda esa uning ishtirokidagi “Muqaddima” (Inception), “Jangchi” (Warrior) va “Qora ritsar: Afsonaning qaytishi” (The Dark Knight Rises) filmlarining premyeralari bo‘lib o‘tdi.
2015-yil Tom Hardi uchun yana bir muvaffaqiyatli yil bo‘ldi: u “Telba Maks: G‘azab yo‘li” (Mad Max: Fury Road), “Afsona” (Legend) va “Omon qolgan” (The Revenant) filmlarida bosh rollarni ijro etdi. Shuningdek, uning filmografiyasida “Lok”, “Venom”, “Dyunkerk”, “Baykerlar” va “Tabu” kabi yirik loyihalar ham bor.
Gazeta muxlislar uchun Tom Hardi suratga tushgan kinolar asosida test tayyorladi. Bu test orqali aktyor ijodini qanchalik yaxshi bilishingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
Source: www.gazeta.uz