Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi keskinlashgan vaziyat natijasida 26-fevraldan 5-martgacha kamida 56 tinch fuqaro halok bo‘ldi, 129 kishi esa yaralandi. Qurbonlarning katta qismini ayollar va bolalar tashkil etadi.
BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqamlar dastlabki hisob-kitoblar bo‘lib, odamlar chegaradagi to‘qnashuvlar va havo hujumlari paytida halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan va yaralanganlarning taxminan 55 foizini ayollar va bolalar tashkil qiladi.
UNAMA ogohlantirishicha, davom etayotgan otishmalar va havo hujumlari mahalliy aholi hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Qurbonlar sonining oshishi tomonlarning xalqaro gumanitar huquq normalariga qanchalik rioya qilayotgani va tinch aholini himoya qilish masalalarini yana ko‘taradi.
BMT ikkala tomonni tinch aholini himoya qilishni ustuvor vazifa qilib qo‘yishga va yangi fojialarning oldini olish uchun choralar ko‘rishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, rasmiy Toshkent to‘qnashuvlar boshlanganidan so‘ng darhol tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, maksimal cheklanganlik ko‘rsatishga va butun mintaqa uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yanada keskinlashishning oldini olishga chaqirgan edi.
Source: podrobno.uz