Toshkent shahridagi Chilanzar tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi BYD Han avtomobilini boshqargan haydovchiga nisbatan jazo choralarini qo‘lladi. Haydovchi 2024-yilda DPS inspektoriga xizmat vazifasini bajarayotgan paytda urib yuborgani uchun ayblangan.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi haydovchilik guvohnomasisiz, soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlanayotgan va inspektorning to‘xtash haqidagi qonuniy talabini e’tiborsiz qoldirib, harakatni davom ettirgan. Bu esa to‘qnashuvga olib kelgan.
Natijada jabrlanuvchi og‘ir jarohatlar olgan, sakkiz kun reanimatsiyada bo‘lgan va 34 kun o‘tgach ongiga kelgan. Reabilitatsiya jarayoni olti oy davom etgan, bir yil o‘tgach inspektor to‘liq xizmatga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.
Sud haydovchini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi (“Jabrlanganning xizmat burchini bajarishi bilan bog‘liq holda qasddan og‘ir jismoniy zarar yetkazish”) va 219-moddasi 2-qismi (“Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish”) bo‘yicha aybdor deb topdi. Dastlab unga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazo belgilangan, amm qamoqda o‘tkazilgan vaqt hisobga olingan holda yakuniy muddat 5 yil 2 oy 9 kunni tashkil etdi.
Source: podrobno.uz