Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) aʼzo davlatlari mudofaa idoralari rahbarlari uchrashuvida qatnashdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Moskva mintaqadan tashqari davlatlarning Markaziy Osiyoda harbiy mavjudlik oʻrnatish va logistika vazifalarini hal qilish urinishlarini nomaqbul deb hisoblaydi.

“Mintaqadan tashqari davlatlarning Markaziy Osiyoda harbiy mavjudlik va logistika vazifalarini hal qilish urinishlarini diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Buni nomaqbul deb hisoblaymiz”, — dedi Belousov.

Shuningdek, u Rossiya Suriya, Livan va Afgʻonistondagi vaziyatdan, shuningdek, Gʻazo sektoridagi gumanitar falokatdan jiddiy xavotirda ekanligini taʼkidladi.

Source: kun.uz