Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi KCNA mamlakatning katta qismini misli ko‘rilmagan darajada kuchli qurg‘oqchilik qamrab olgani haqida xabar berdi. 26 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan bu yopiq mamlakat avvaldan oziq-ovqat tanqisligiga duch kelayotgan edi.
KCNA ma’lumotlariga ko‘ra, “oldin yillarda kam kuzatilgan g‘ayritabiiy qurg‘oqchilik” mamlakat bo‘ylab davom etmoqda. Turli viloyatlardagi ishchilar barcha kuchlarini erta bahorgi ekinlarni qurg‘oqchilikdan himoya qilishga safarbar qilgan.
Shimoliy Koreya shahar va tumanlari suv omborlari va kanallar darvozalarini ta’mirlash, bug‘doy va arpaning qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirish uchun texnik choralar ko‘rmoqda. Bosh vazir Pak Thae Song Janubiy Pxyon’an va Shimoliy Xvanxeye provinsiyalaridagi fermalarda tekshiruv o‘tkazib, “qurg‘oqchilik zararini minimallashtirish choralari”ni nazorat qildi.
BMTning maxsus ma’ruzachisi Elizabet Salmon fevral oyida oziq-ovqat tanqisligi asosiy tashvish bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan edi. BMT agentliklari Shimoliy Koreyada millionlab odamlar to‘yib ovqatlanmayotgani va qurg‘oqchilik hamda toshqinlar kabi ofatlarga qarshi himoyasiz ekanini bildirmoqda.
Janubiy Koreya ham o‘tgan yili Gangneung provinsiyasida qurg‘oqchilikdan aziyat chekdi va eng issiq yozni qayd etdi. Ikkala Koreya ham rekord darajadagi eng issiq iyun oylarini boshdan kechirdi. Shimoliy Koreyadagi tez-tez uchraydigan elektr tanqisligi odamlarning konditsionerdan foydalanish imkoniyatini cheklaydi.
Source: www.dw.com