Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridan biridagi kadastr bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqarodan 2 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 132 metr kvadrat yer maydonida qurilgan, lekin fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning 2024-yildagi hal qiluv qaroriga asosan majburan buzilishi belgilangan binoga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish va uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Hozirda kadastr rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu holat davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish choralari davom etayotganidan dalolat beradi.

Source: www.gazeta.uz