Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi AQSh tomonidan musodara qilingan Eronning “MV Touska” konteyner kemasi ekipajining 22 aʼzosi Pokistonga evakuatsiya qilinganini maʼlum qildi.

Vazirlik bayonotiga koʻra, bu AQSh tomonidan ishonch choralari sifatida amalga oshirildi. Ekipaj aʼzolari yakshanba kuni kechqurun Pokistonga yetib kelgan va bugun Eron rasmiylariga topshiriladi.

Kema ham zarur taʼmirlash ishlaridan soʻng Pokiston hududiy suvlariga qaytariladi va asl egalariga topshiriladi. Pokiston bu jarayonni Eron va AQSh bilan hamkorlikda muvofiqlashtirmoqda.

Pokiston TIV bunday ishonch choralarini olqishlab, mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik uchun muloqot va diplomatiyani davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) matbuot kotibi kapitan Tim Xokinsning maʼlum qilishicha, olti nafar yoʻlovchi (Eron ommaviy axborot vositalari ularni ekipaj aʼzolarining oila aʼzolari deb atagan) oʻtgan hafta mintaqadagi bir davlatga evakuatsiya qilingan.

“Touska” aprel oyida AQShning Eron portlariga qarshi dengiz blokadasini buzishga urinayotganda ushlangan edi. Kema Eron Islom Respublikasi Shipping Lines (IRISL) guruhiga tegishli boʻlib, AQSh sanksiyalari ostida.

Source: www.aljazeera.com