Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Aprel oyida Rossiyaning Astraxan viloyati orqali 1728 ta asalari oilasi bo‘lgan yuk mashinasi chegarani kesib o‘tgan, biroq mo‘ljallangan Kurgan viloyatidagi karantin punktiga yetib bormagan.

Janubiy hasharotlar xavfli infektsiya va parazitlarni tashishi mumkinligi sababli asalarilar uchun karantin majburiydir. Xabarlarga ko‘ra, Kurgan viloyatidagi karantin punkti asalarilarni qabul qilishga tayyor emas edi – u yerda na uyalar, na jihozlar bor edi.

Jamoat faollari Rosselxoznadzorga murojaat qilgan, asalarichilar esa Ichki ishlar vazirligi va prokuraturaga ariza yuborgan. Yuk mashinasi va haydovchi butun mamlakat bo‘ylab qidirilmoqda.

Asalarilarni nazoratsiz olib kirish mahalliy asalari oilalarining ommaviy nobud bo‘lishiga va asal ishlab chiqarishga xavf tug‘dirishi mumkin.

Source: kun.uz