Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev «Oltin O‘rda dasht sivilizatsiyasi modeli sifatida: tarix, arxeologiya, madaniyat va o‘zlik» simpoziumining ochilishida nutq so‘zladi.

U Qozog‘istonning Buyuk dasht merosi bilan tarixiy va madaniy vorisligini ta’kidlab, bu tamoyil yangilangan Konstitutsiyada aks etganini qayd etdi.

«Ma’lumki, Qozog‘iston so‘nggi yillarda keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu, shubhasiz, mamlakatimiz uchun juda muhim va mas’uliyatli qadamdir. Shu bilan birga, oldimizda turgan vazifani aniq anglaymiz: ongni o‘zgartirmasdan jamiyat yangilanmaydi va davlat rivojlanmaydi. Bu aksioma», dedi To‘qayev.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, tarixiy vorislikni saqlash mavzusi alohida dolzarblik va ahamiyat kasb etadi. «Hech qanday taraqqiyot busiz mumkin emas. Agar o‘tmishga hurmat bilan qaramasak, yorqin kelajak sari harakat qiyin bo‘ladi. Shuning uchun biz ilg‘or millat sifatida faqat oldinga intilamiz», dedi u.

To‘qayev, shuningdek, umummilliy referendumda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada ming yillik tarixga ega Buyuk dasht vorisligini saqlash muqaddas burch ekani mustahkamlanganini ta’kidladi. «Chunki davlat faoliyatida mamlakatimiz Oltin O‘rda, uning asosiy g‘oyasi «Mängilik El» bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisidir», dedi u.

Source: kun.uz