Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiya va Xitoy rahbarlari Vladimir Putin va Si Szinpin Pekinda muzokaralar o‘tkazib, 40 ga yaqin hujjatni imzoladilar. Tomonlar 2025-yilda savdo hajmi 240 milliard dollarga yetganini va hisob-kitoblar deyarli to‘liq rubl va yuanga o‘tganini ma’lum qildi.

Putin Rossiya Xitoyga 101 million tonna neft va 49 milliard kub metr gaz yetkazib berganini, “Rosatom” loyihalari davom etayotganini ta’kidladi. Biroq “Sibir kuchi-2” gaz quvuri qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishilmadi.

Xitoy tomoni gaz narxini ichki Rossiya bozori darajasiga tushirishni talab qilmoqda, bu hozirgi 258 dollardan besh baravar past. FT ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy uzoq muddatli majburiyatlardan qochib, ichki iste’mol cho‘qqisiga yaqinlashayotganini hisobga olmoqda.

Si Szinpin “bir tomonlamalik va gegemonlik” xavfidan ogohlantirib, BMT nufuzini himoya qilishga chaqirdi. Putin esa noyabrda Shenchjenda bo‘ladigan APEC sammitida qatnashishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar o‘zaro vizasiz rejim tufayli 2025-yilda 2 milliondan ortiq rossiyalik Xitoyga, 1 milliondan ortiq xitoylik Rossiyaga borganini qayd etdi. BAM, Transsib va Shimoliy dengiz yo‘li modernizatsiyasi “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi bilan muvofiqlashtirilmoqda.

Source: podrobno.uz