Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyevni qabul qildi.

Uchrashuv boshida oliy mehmon davlat rahbariga Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalda bajarish, shuningdek, madaniy-gumanitar dasturlar va mintaqalararo almashinuvlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va boshqa hamkorlik mexanizmlarining bo‘lajak majlislarida ikki tomonlama hamkorlik kun tartibi va yuqori darajadagi tadbirlarni boyitish uchun yangi loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Source: kun.uz