Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

8-iyulga o‘tar kechasi Qirg‘iz Respublikasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

3,9 magnitudali yer silkinishining epitsentri Jalolobod hududiga to‘g‘ri keldi. Zilzila chuqurligi 5 km ni tashkil etdi.

Hodisa O‘zbekistonning Andijon va Namangan viloyatlarida 2−3 ball kuchida sezildi. Xususan, Andijon viloyatining Paxtaobod, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xonobod, Andijon tumanlari va Andijon shahrida, shuningdek Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yer qimirlashi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 27-iyun kuni Afg‘onistonda magnitudasi 6,8 bo‘lgan kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. O‘shanda yer silkinishi O‘zbekistonning deyarli barcha hududida sezilgan, Toshkentda esa 2−3 ball kuchida 1 daqiqa davom etgan.

Source: www.gazeta.uz