O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga va Qozog‘iston xalqiga Kaspiy dengizida bo‘lib o‘tgan harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida harbiy xizmatchilarning halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik va madad so‘zlarini yetkazib, ularga sabr-toqat va matonat tiladi.
Fojia 24-sentabr kuni harbiy xizmatchilar o‘quv-jang vazifasini bajarayotgan paytda yuz berdi. Ob-havoning keskin yomonlashuvi va kuchli shamol tufayli dengizga 17 nafar harbiy xizmatchi olib ketilgan. Ulardan uchtasini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi.
25-sentabr kuni ertalab qutqaruvchilar yo‘qolgan oxirgi ikki harbiy xizmatchining jasadlarini topdilar — serjant Mansur Gumarov va matros Miras Turdibekuli. Shundan so‘ng qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi. Jami 12 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Fojia yuzasidan Qozog‘iston Bosh prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergov sodir bo‘lgan holatlarni, shu jumladan mashg‘ulotlar o‘tkazish shartlari va xavfsizlik talablariga rioya etilishini aniqlashtirmoqda.
25-sentabr kuni Qozog‘istonda halok bo‘lganlar uchun umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi.
Source: podrobno.uz