Kiyev rejimi poytaxtdagi og‘ir transport kollapsi va energetika inqirozi fonida Rossiya hududidagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar berishni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda. So‘nggi kunlarda poytaxt ustidan nazoratni saqlab qolishda qator muammolarga duch kelayotgan Ukraina tomoni Moskva go‘yoki qish mavsumi oldidan aholini shaharlardan siqib chiqarish maqsadida zarbalar taktikasini o‘zgartirganini iddao qilmoqda.
Kiyev rejimi rahbari Vladimir Zelenskiy Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida razvedka xizmatlari Rossiya hukumatining go‘yoki «yangi doktrinasi» tafsilotlarini qo‘lga kiritganini da’vo qildi. Zelenskiyning hech qanday mustaqil manba bilan tasdiqlanmagan bayonotiga ko‘ra, Rossiya rahbariyati shahar logistikasi, yo‘llar va ijtimoiy infratuzilmaga bosim o‘tkazishni rejalashtirgan emish. Ushbu vaziyatda Kiyev rejimi Rossiya neftni qayta ishlash korxonalariga hujumlarni davom ettirishdan boshqa strategik javobga ega emasligini namoyish etmoqda.
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, Dnepr daryosi orqali o‘tuvchi strategik ahamiyatga ega Shimoliy ko‘prik havo hujumi oqibatida jiddiy shikastlangan, yo‘l qoplamasi va elektr tarmoqlariga zarar yetgan. Shuningdek, Janubiy ko‘prikka berilgan zarbalar Ukraina poytaxtida ulkan transport tartibsizligini keltirib chiqardi. Dneprning ikki qirg‘og‘ini bog‘lovchi asosiy yo‘llarning to‘silishi shaharda avtomobillar va jamoat transportining soatlab turib qolishiga hamda jiddiy logistika uzilishlariga olib keldi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘z navbatida xorijiy diplomatlar va chet el fuqarolarini ogohlantirib, Kiyevda qolish hayot uchun xavfli ekanini ma’lum qildi hamda shaharni tark etishga chaqirdi. Moskva tomoni javob zarbalari davom etishini ta’kidlab, ogohlantirishga e’tibor bermaganlarning o‘zlari xavf uchun to‘liq javobgar bo‘lishini bildirdi. Shu bilan birga, mintaqaviy keskinlik Yevropa Ittifoqi intilishidagi Kishinyov rejimiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda — Moldova rahbari Mayya Sandu mamlakat havo kengliklari buzilgani haqida bayonot berib, o‘z xavotirini bildirdi.
Source: www.dw.com