Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Gavayi shtatining Oahu orolining shimoliy qirg‘og‘ida kuchli yomg‘irlar tufayli keng ko‘lamli evakuatsiya boshlangan bo‘lib, bu 20 yil ichidagi eng og‘ir toshqin deb baholanmoqda. Shtat poytaxti Gonolulu shimolidagi hududlarda, jumladan, Vayalua jamoasida, 5500 ga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Favqulodda vaziyatlar departamenti ogohlantirishlar chiqarib, qolgan yo‘llarning yomg‘ir davom etsa, yopilishi mumkinligini aytdi.

Hozircha halokatlar qayd etilmagan bo‘lsa-da, 200 dan ortiq odam loyqa toshqin suvlaridan qutqarildi va 10 kishi gipotermiya bilan kasalxonaga yotqizildi. Shuningdek, "Our Lady of Kea'au" tashkiloti tomonidan boshqariladigan yoshlar lageri evakuatsiya qilindi, 72 kishi, jumladan bolalar, ehtiyot chorasi sifatida samolyot orqali olib chiqildi. Gubernator Josh Grin zarar 1 milliard dollardan oshishi mumkinligini va ba‘zi joylarda suv ko‘krak darajasiga yetganini ta‘kidladi.

Alohida tashvish 120 yillik Vaxiava to‘g‘oni bo‘lib, rasmiylar uni "yaqin kelajakda vayron bo‘lish xavfi ostida" deb e‘lon qildi. 2022-yildagi hujjatda bu to‘gon "yuqori xavfli" deb belgilangan, chunki uning vayron bo‘lishi odamlarning hayotiga putur etkazishi mumkin. 1906-yilda qurilgan va 1921-yidagi qulashdan keyin qayta tiklanga to‘gon Dole Food Company tomonidan sotib olingan, kompaniya 2009-yildan beri to‘g‘onning kamchiliklari haqida to‘rt marta ogohlantirish olgan. 2021-yil aprelida kompaniya to‘g‘onni xavfsiz saqlamagani uchun 20 000 dollar jarimaga tortilgan, ammo Dole bu baholashni rad etdi.

Gavayi shtati 2023-yilda to‘g‘onni sotib olish uchun qonun qabul qildi, ammo o‘tish hali yakunlanmagan. Juma kuni to‘g‘ondagi suv sathi 24 metrdan 25,6 metrgacha ko‘tarilib, sig‘imidan atigi 1,8 metr pastda qoldi. Gonolulu meri Rik Blangiardi yuzlab uylar zarar ko‘rganini, amki to‘liq zarar hali baholanmaganini aytdi. U Oahuga keyingi kunlarda qo‘shimcha 15-20 sm yomg‘ir kutilayotganini qo‘shimcha qildi.

Source: www.aljazeera.com