Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Hindistonning Andhra-Pradesh shtatida Markapuram tumanida ertalab soat 6:00 atrofida xususiy yoʻlovchi avtobusi va tipper yuk mashinasi oʻrtasida halokatli toʻqnashuv sodir boʻldi. Toʻqnashuv natijasida yongʻin chiqib, ikkala transport vositasi ham olovga oʻralgan. Hodisa joyida kamida 35 yoʻlovchi boʻlgan.

Rasmiylarning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, yongʻin natijasida 13 kishi halok boʻlgan, 20 dan ortiq odam turli darajadagi jarohatlar olgan. Baʼzi yoʻlovchilar yonib ketgani haqida maʼlumotlar mavjud. Jaroxatlanganlar Markapuram va yaqin atrofdagi shifoxonalarga yotqizilgan.

Andhra-Pradesh bosh vaziri N. Chandrababu Naidu halokat haqida xabar olgach, chuqur tashvish va qaygʻu bildirdi. U hodisa sabablarini aniqlash uchun tergov komissiyasi tuzilishini buyurdi va batafsil hisobot talab qildi. Naidu oʻz bayonotida: "Bu fojia Markapuram tumanidagi Rayavaram yaqinida 13 yoʻlovchining yonib halok boʻlishiga olib keldi. Halok boʻlganlarning oilalariga chuqur hamdardligimni bildiraman, hukumat zarar koʻrgan oilalarga yordam beradi" dedi.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi idorasi halok boʻlganlarning har bir oilasiga 200 000 rupiya (taxminan 1840 evro), jarohatlanganlarga esa 50 000 rupiya (460 evro) miqdorida kompensatsiya toʻlashni eʼlon qildi. Bosh vazirning bayonotida: "Andhra-Pradeshdagi bu baxtsiz hodisa juda alamli. Halok boʻlganlarning oilalariga hamdillik bildiramiz, jarohatlanganlar tezda sogʻayishlarini tilaymiz" deyilgan.

Bu Andhra-Pradesh shtatidagi soʻnggi vaqtlardagi ikkinchi yirik avtobus halokatidir. Oʻtgan hafta Vizianagaram tumanida shinalarning portlashi natijasida yana bir xususiy avtobus yonib ketgan edi, biroq oʻsha hodisada jabrlanuvchilar boʻlmagan. Transport xavfsizligi masalalari yana dolzarb muammoga aylanmoqda.

Source: www.dw.com