Eron raketalari va uchuvchisiz samolyotlari Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazgani haqida The Times gazetasi xabar berdi. Xabarga ko‘ra, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi 13 ta AQSh harbiy bazasining aksariyati hujumga uchragan, birinchi oydagi jangovar harakatlar natijasida umumiy zarar deyarli 1,5 milliard dollarni tashkil etgan.
Bu davrda 13 nafar AQSh harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 300 dan ortiq odam yaralangan. Eng jiddiy zararlar bir qator muhim obyektlarda qayd etilgan: Saudiya Arabistonidagi Sulton shahzoda nomidagi aviabazada bitta amerikalik askar o‘ldirilgan, 15 nafari yaralangan, shuningdek, KC-135 yoqilg‘i quyish samolyotlari va E-3 Sentry uzoq masofali radiolokatsiya samolyoti shikastlangan.
Qatardagi Al-Udayd bazasida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan uzoq masofali radiolokatsiya stansiyasi yo‘q qilingan. Bahrayndagi AQShning Beshinchi floti shtab-kvartirasi dronlar hujumiga uchragan, radarlar va aloqa uskunalari 200 million dollarlik zarar ko‘rgan. Birlashgan Arab Amirliklaridagi Al-Dafra aviabazasida har biri 30 million dollarga baholangan to‘qqizta MQ-9 Reaper droni yo‘q qilingan, Iordaniyadagi Muaffak Salti aviabazasidagi radiolokatsiya stansiyasi esa 500 million dollarlik jiddiy zarar ko‘rgan.
Source: kun.uz