Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning Ogayo shtati janubi-g‘arbidagi Cincinnati shahrida noqonuniy ko‘cha poygalarida ishtirok etganlikda gumon qilinayotgan fuqarolar, jumladan o‘zbekistonliklar ham hibsga olindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Yosh avtoulovchilar Paycor stadioni hududida drift qilish va xavfli avtomobil nayranglarini bajarish bilan shug‘ullangan. Politsiya havodan kuzatuv uchun dronni ishga solgan, bu esa ularning qochish yo‘llarini to‘sib, olti kishini ushlashga yordam bergan.

Har biriga hududga noqonuniy kirish ayblovi qo‘yilgan. Bir kishi, shuningdek, noqonuniy poygalarda ishtirok etishda ayblanmoqda. Sud har bir ayblov bo‘yicha 2500 dollar miqdorida garov puli belgilagan.

Politsiya Audi, BMW, Ford Mustang va Dodge Challenger markali avtomobillarni jarima maydonchasiga evakuatsiya qilgan. Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

Source: www.uznews.uz