Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Indoneziyada korrupsiyaga qarshi kurash doirasida immigratsiya masalalari bo‘yicha sobiq vazir o‘rinbosari Silmi Karim hibsga olindi. U 2023-2024 yillarda immigratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishdagi qonunbuzarliklarda ayblanmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi (KPK) matbuot kotibi Budi Prasetiyoning ma’lum qilishicha, Karim o‘sha paytda prezident Joko Vidodo davrida immigratsiya bosh direktori lavozimida ishlagan. U chorshanba kuni kechqurun KPK idorasida so‘roq qilingan va 10 soatdan keyin, payshanba kuni ertalab kishanlangan holda hibsxonaga jo‘natilgan.

KPK, shuningdek, ushbu ish bo‘yicha yana yetti nafar gumonlanuvchini aniqlagan. Ish tafsilotlari payshanba kuni kechroq e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bu voqea bir kun oldin Bosh prokuratura tomonidan prezident Prabovo Subiantoning bepul ovqatlantirish dasturi rahbari Dadan Hindayananing korrupsiyada gumonlanib hibsga olinishidan keyin sodir bo‘ldi. Tergovchilarning fikricha, dastur maktablarda faoliyat yurituvchi fondlar orqali amalga oshirilgan va ular jinoiy faoliyat uchun ishlatilgan.

Davlat kotibi vaziri Prasetio Hadi ikki kundagi takroriy hibslardan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, hukumat KPK va Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan qonuniy jarayonlarni hurmat qilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Indoneziya bosh ombudsmani tayinlanganidan atiga olti kun o‘tib mahalliy nikel kompaniyasidan pora olganlikda ayblanib hibsga olingan edi.

Source: www.aljazeera.com