Filippinning Mindanao oroli qirg‘oqlari yaqinida 7,8 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar soni kamida 19 kishiga yetdi.
Zilzila 2 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 07:37 da ro‘y berdi. Bu vaqtda maktab o‘quvchilari darsga ketayotgan edi. Zilzila natijasida bir qancha binolar, jumladan, Jollibee fast-fud restorani vayron bo‘lgan.
Janubiy Kotabato, Sulton Kudarat, Sarangani provinsiyalari va General Santos shahrida kamida 134 kishi jarohat olgan. Rasmiylar bu raqamlar hali tasdiqlanishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Filippin prezidenti Ferdinand Markos kichik davlat idoralari favqulodda vaziyatga tayyor ekanini va Mindanaoni tark etmaslikka va’da berdi. U zilzila ta’siridagi hududlarda darslarni to‘xtatishni buyurdi.
Zilziladan keyin 1,3 dan 6,7 gacha magnitudali 130 dan ortiq aftershok qayd etilgan. Sarangani provinsiyasida elektr va aloqa tarmoqlari vaqtincha ishdan chiqqan, keyin tiklangan.
Yaponiya, Indoneziya va Avstraliyada tsunami xavfi e’lon qilingan edi. Okinavada bir necha santimetrlik to‘lqin kuzatilgan. Filippin va Indoneziya qirg‘oqlarida to‘lqin balandligi 1,4 metrgacha yetgan.
Source: www.bbc.com