Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Filippinning Mindanao oroli qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilzila oqibatida kamida 35 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi rasmiylar.

Zilzila dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 07:37 da (GMT 23:37) ro‘y berdi va Filippin, Indoneziya, Yaponiya hamda Avstraliyada tsunami xavfi haqida ogohlantirishlar e’lon qilindi. Biroq bir necha soat o‘tib ogohlantirishlar bekor qilindi yoki darajasi pasaytirildi.

Videolar va suratlarda binolarning qulashi, jumladan, Jollibee fast-fud restorani vayron bo‘lgani aks etgan. Ba’zi hududlarda ko‘chkilar qayd etilgan.

Filippin Fuqaro Mudofaasi idorasining dushanba kungi ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 31 nafari Soccsksargen, qolgan 4 nafari Davao hududida qayd etilgan. Kamida 134 kishi jarohatlangan, 10 mingga yaqin oila uy-joyidan ayrilgan.

Filippin prezidenti Ferdinand Markos Jr. davlat idoralari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan ish olib borayotganini ma’lum qildi. U “Mindanaoni ortda qoldirmaymiz”, dedi. Shuningdek, zilzila maktab yilining birinchi kuniga to‘g‘ri kelgani sababli zarar ko‘rgan hududlarda darslar to‘xtatildi.

Dastlabki zilziladan so‘ng 130 dan ortiq aftershoklar qayd etilgan, ularning magnitudasi 1,3 dan 6,7 gacha bo‘lgan. Yaponiyada bir necha santimetrli tsunami to‘lqinlari kuzatilgan.

Source: www.bbc.com