Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Minnesota shtatidagi 15 nafar faolni antifa tashkilotiga aloqadorlikda ayblab, ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda 15 aprel kuni AQSh advokati Daniel Rozen matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Rozenning so‘zlariga ko‘ra, ayblovlar Trampning o‘tgan yili bergan “ichki terrorizm va uyushgan siyosiy zo‘ravonlikka qarshi kurash” direktivasiga asoslangan. Ayblovlar orasida federal xodimlarga to‘sqinlik qilish yoki ularga zarar yetkazish uchun fitna, zo‘ravonlikka undash, shtatlararo tahdidlar, federal xodimlarga hujum qilish va davlat mulkini yo‘q qilish kabilar bor.

15 ayblanuvchidan 12 nafari seshanba kuni ertalab hibsga olingan. Ikki nafari qochmoqda, yana biri esa avval qamoqqa olingan. Ularning barchasi ilgari Twin Cities Direct Action nomi bilan tanilgan Direct Action Minnesota guruhiga aloqador.

Bu guruh Trampning Minnesota shtatida dekabrdan fevralgacha amalga oshirilgan qattiq immigratsiya siyosatiga qarshi norozilik bildirgan. “Metro Surge” operatsiyasi nomi bilan mashhur bo‘lgan bu siyosat haddan tashqari zo‘ravonlik va shubhali huquqiy usullar, jumladan, xususiy uylarga sud orderisiz kirish siyosati uchun keskin tanqid qilingan.

Yanvar oyida operatsiya davomida ikki AQSh fuqarosi – Renee Gud va Aleks Pretti otib o‘ldirilgan, bu butun mamlakat bo‘ylab norozilikka sabab bo‘lgan. Demokratlar bu operatsiyani chap qanot shtatlarga qarshi siyosiy motivli harakat deb atashgan.

Rozen matbuot anjumanida yangi ayblovlarni namoyishchilarning so‘z erkinligiga hujum sifatida ko‘rish mumkinligi haqidagi xavotirlarni rad etdi. “Bu ayblanuvchilar aytganlari uchun emas, balki qilgan ishlari uchun javobgarlikka tortilmoqda”, dedi u.

Biroq jurnalistlar Rozenning ayblovlari “fikr jinoyatlari” (thought crimes) ekanligini so‘roq qilishdi. Rozen bunga javoban, “oxir-oqibat jismoniy zarar yetkazilganmi yoki yo‘qmi, bu jiddiy federal jinoyat sodir etilganligini o‘lchov emas”, dedi.

Tramp 2025-yilda qayta prezident bo‘lganidan beri Adliya vazirligini so‘z erkinligini bostirish uchun ishlatayotgani haqida savollar ko‘tarilmoqda. Sentyabr oyida u antifani “ichki terroristik tashkilot” deb e’lon qilgan edi.

94 sahifalik ayblov xulosasida 15 ayblanuvchi “antifa” agentlari sifatida tasvirlanib, ular federal agentlarga qarshi zo‘ravonlik qilishga va’da berganlikda ayblanmoqda. Ularning maqsadi immigratsiya reydlariga to‘sqinlik qilish edi.

Source: www.aljazeera.com