Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Kongo DRga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Atlantadagi uchrashuvda 68 239 tomoshabin ishtirok etdi.
Dastlabki daqiqalardanoq O‘zbekiston hisobni ochdi: 10-daqiqada Akmal Mozgovoyning uzatmasi bilan Eldor Shomurodov raqib darvozabonining oldinga chiqib ketganidan foydalanib, to‘pni ustidan tashlab yubordi — 0:1. Biroq 17-daqiqada Kongo DRning goli VAR yordamida bekor qilindi.
Ikkinchi bo‘limda Kongo DR o‘yinni o‘z nazoratiga oldi. 66-daqiqada Abduqodir Husanovning qoidabuzarligi penaltiga olib keldi va Yoan Vissa 68-daqiqada hisobni tenglashtirdi — 1:1. 78-daqiqada Meshak Elianing zarbasi Fiston Mayelening oyog‘iga tegib, to‘rga yo‘l oldi — 2:1. Qo‘shib berilgan vaqtda Yoan Vissa yana bir gol urib, yakuniy hisobni belgiladi — 3:1.
Mag‘lubiyatdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. “K” guruhidagi parallel o‘yinda Portugaliya va Kolumbiya 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Source: www.gazeta.uz