Paragvay va Marokash terma jamoalari jahon chempionatining 1/8 final bosqichiga yo‘l olishdi. Ular mos ravishda Germaniya va Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi.
Germaniya – Paragvay uchrashuvi asosiy va qo‘shimcha vaqtda 1:1 hisobida yakunlandi. Birinchi bo‘limda Julio Ensiso Paragvayni oldinga olib chiqdi, ikkinchi bo‘limda esa Kai Havertz hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida Paragvay 4:3 hisobida g‘alaba qozondi va to‘rt karra jahon chempionlarini turnirdan chiqarib yubordi. Hal qiluvchi zarbani Xose Kanale amalga oshirdi.
Boshqa o‘yinda Niderlandiya va Marokash 120 daqiqa davomida g‘olibni aniqlay olmadi – 1:1. 72-daqiqada Kodi Gakpo gollandlarni oldinga olib chiqdi, ammo qo‘shib berilgan vaqtda Issa Diop hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida Marokash 3:2 hisobida g‘alaba qozondi, hal qiluvchi zarbani Ismoil Saybari urdi.
1/8 finalda Paragvay Fransiya – Shvetsiya juftligi g‘olibi bilan, Marokash esa Janubiy Afrikani mag‘lub etgan Kanada bilan to‘qnash keladi.
Avvalroq Braziliya Yaponiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqqani xabar qilingan edi.
Source: podrobno.uz