Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoy polarizatsion plyonkalari ishlab chiqaruvchilari, jahon bozorining 71,3 foizini nazorat qiluvchi kompaniyalar, narxlarni 10 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu, o'z navbatida, displeylar va butun elektronika narxining oshishiga olib kelishi mumkin.

The Elec nashriga ko'ra, Ormuz bo'g'ozidagi inqiroz tufayli logistika uzilishlari kimyoviy xomashyo narxini 15 foizga oshirdi. Materiallar plyonkalar tannarxining 80 foizini tashkil qilgani sababli, umumiy qimmatlashuv 10 foizni tashkil etdi. Zavodlar ushbu xarajatlarni televizor, monitor va smartfon matritsalari xaridorlariga o'tkazishga majbur.

Iste'molchilar uchun narx o'sishini ichki resurslar hisobidan ushlab turish hozircha imkonsiz, chunki Xitoy xomashyoning 90 foizdan ko'prog'ini boshqa mamlakatlardan import qiladi. Xitoy tanqis plyonkalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga urinmoqda, biroq tijorat ishlab chiqarish va narxlarni barqarorlashtirish 2027 yildan oldin kutilmaydi. Narxlar esa o'sishda davom etadi.

Avvalroq, operativ va doimiy xotira tanqisligi Apple’ni gadjetlar narxini rekord darajada oshirishga majbur qilgani xabar qilingandi. Masalan, iPhone 18 Pro’ning bazaviy narxi 1 299 dollargacha ko'tarilishi mumkin.

Buning asosiy sababi Google, Microsoft, Meta va Amazon kabi AI-gigantlarning neyron tarmoqlar uchun xotira chiplarini ommaviy sotib olishi bo'ldi. Bu esa zavodlarni oddiy texnika uchun komponentlar ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur qildi.

Source: podrobno.uz