Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Demokratik Kongo Respublikasida davom etayotgan Ebola epidemiyasi qurbonlari soni 506 kishiga yetdi. Bu haqda milliy axborot agentligi ACPning so‘nggi hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobotga ko‘ra, joriy epidemiyaning o‘lim darajasi 32,4 foizni tashkil etmoqda. Kasallik qo‘shni Uganda hududiga ham tarqalgan.

DKRda jami 1561 ta kasallanish holati tasdiqlangan. Shulardan 253 kishi tuzalib ketgan bo‘lsa, 628 bemor hali ham kasalxonada davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iyul oyi boshida Ebola qurbonlari soni 473 kishini tashkil etgan edi.

Source: podrobno.uz