Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Daniyada o‘tkazilgan keng ko‘lamli 25 yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra, gormonal kontratseptiv vositalar miya shishi (meningioma) rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Tadqiqot 3 million ayol ma’lumotlarini qamrab olgan.

Olimlarning aniqlashicha, ba’zi turdagi kontratseptiv tabletkalar, in’eksiyalar va bachadon ichi spirallari meningioma — eng keng tarqalgan miya shishi paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi. Eng katta xavf bir yil davomida preparatlarni qo‘llashda kuzatilgan, uzoq muddat foydalanishda esa xavf yanada ortadi.

Eng yuqori xavfni kontratseptiv ukolalar keltirib chiqaradi. Shuningdek, yuqori dozali tabletkalar va gormonal spirallar ham xavfni sezilarli oshiradi.

Meningioma 90% hollarda yaxshi sifatli bo‘lsa-da, u sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi: o‘sib, miya to‘qimalariga bosim o‘tkazib, tutqanoq, xotira yomonlashuvi, nevrologik buzilishlarga olib keladi va murakkab jarrohlik amaliyotlarini talab qiladi.

Biroq, xavf vaqtinchalik — gormonal kontratseptsiyadan butunlay voz kechgach, taxminan besh yil o‘tgach, organizm uchun xavf tabiiy darajaga qaytadi. Tadqiqot mualliflari ushbu natijalar ginekologlar va ayollar uchun oilani rejalashtirish usullarini tanlashda preparat tarkibi va dozasini hisobga olgan holda ehtiyotkor bo‘lishlari haqida muhim ogohlantirish bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Source: podrobno.uz