Gretsiyaning Saloniki shahridan Germaniyaning Memmingen shahriga uchayotgan Ryanair aviakompaniyasining samolyotida favqulodda vaziyat yuz berdi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, yo‘lovchi o‘tirgan deraza oynasi sinib ketdi.
Bosim farqi tufayli deraza yonida o‘tirgan erkakning boshi va yelkalari qisman tashqariga chiqib ketdi. Yo‘lovchining xavfsizlik kamari bog‘langan bo‘lgani uni to‘liq tashqariga chiqib ketishdan saqlab qolgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avval qattiq portlash ovozi eshitilgan, so‘ngra kislorod maskalari tushgan. Yo‘lovchining rafiqasi va boshqa yo‘lovchilar uni qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan.
Jabrlangan erkak serbiyalik sayyoh ekanligi ma’lum bo‘ldi. U Saloniki shifoxonasiga yotqizilgan, tanasida ishqalanish jarohatlari bo‘lsa-da, ahvoli yaxshi.
Ryanair vakillarining aytishicha, samolyot Salonikiga qaytgan va normal qo‘ngan. Biroq, Gretsiya ommaviy axborot vositalari dvigatel qismining uzilib, derazaga urilgani haqida xabar bergan.
Xuddi shu samolyot bir kun oldin Sarayevoga uchayotganda ham Salonikiga qaytgan edi, sababi noma’lum. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.
Source: www.dw.com