Sharqiy Afg‘onistonda kuchli suv toshqinlari oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi yaralandi va 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda dushanba kuni kechqurun mahalliy hokimiyat xabar berdi.
Milliy Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi vakili Yusuf Hammadning so‘zlariga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlarni qidirish va ularni xavfsiz joyga olib chiqish uchun qutqaruv missiyasi davom etmoqda.
“Afsuski, bugun Parun shahri va Nuriston viloyatining bir qancha boshqa hududlarida kuchli suv toshqinlari fuqarolarimiz orasida katta talofat va mulkiy zararga sabab bo‘ldi”, dedi Hammad. U odamlarning uylari, qishloq xo‘jaligi erlari va jamoat ob’ektlariga jiddiy zarar yetkazilganini ta’kidladi.
“Biz barcha fuqarolarni suv toshqini xavfi bo‘lgan hududlardan uzoq turishga chaqiramiz”, deya qo‘shimcha qildi u.
Kobuldagi Tolibon hukumati matbuot kotibi: “Ushbu hodisada halok bo‘lganlar uchun duo qilamiz va jarohatlanganlarning tezda sog‘ayib ketishini tilaymiz”, dedi.
Afg‘oniston ekstremal ob-havo hodisalariga ayniqsa zaif. O‘nlab yillar davom etgan mojarolar, 2021 yilda Tolibon qaytganidan keyin xorijiy investitsiyalarning olib chiqilishi profilaktika infratuzilmasining yomon holatiga olib keldi. O‘rmonlarning kesilishi, iqtisodiy qiyinchiliklar va iqlim o‘zgarishi bu muammolarni yanada kuchaytirmoqda.
Tolibon amaldorlarining aytishicha, keyingi kunlarda mamlakatning 34 viloyatidan 10 tasida kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq va kuchli shamol davom etishi kutilmoqda.
Source: www.dw.com