Chexiya armiyasining “Venom” vertolyoti sharqiy Chexiyadagi harbiy bazada quladi. Hodisa oqibatida bir askar halok bo‘lgan, uch nafari yaralanib kasalxonaga yotqizilgan.
Vertolyot Namest nad Oslavou shahridagi 22-vertolyot aviabazasiga qulagan. Bortda besh nafar askar bo‘lgan. Favqulodda vaziyat tizimi voqea joyida ishlamoqda.
Chexiya armiyasi halokat sabablari haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot bermagan. UH-1Y Venom vertolyoti Bell Textron tomonidan ishlab chiqarilgan ko‘p maqsadli vertolyot bo‘lib, General Electric dvigatellari bilan jihozlangan.
Source: www.dw.com